BKFC rahbari bo‘lajak turnir g‘olibiga juda katta miqdorda mukofot taqdim etmoqchi

  • 21 noyabr, 2024, 13:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Devid Feldman bitta omadli bokschining hayotini butunlay o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Din Tomas va Alan Jouban bilan "MMA Today" dasturida Feldman bo‘lajak turnirda BKFC g‘olibga katta mukofot bermoqchiligini aytdi. Bu yangilik rasmiy emas, lekin dekabr oyida rasman ma’lum qilinishi kutilmoqda.

"Uch haftadan so‘ng barchasi aniq bo‘ladi. Men mazkur sport tarixidagi eng katta sovrin va eng katta turnirni tashkil  qilmoqchiman. Bo‘lajak musobaqa g‘olibi uchun 25 million dollarlik mukofot joriy etish  rejamizda bor", - dedi Feldman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!