Bizga o‘tsang, maoshing etti karra oshadi!

  • 28 dekabr, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Sosedad” futbolchisi Takefusa Kuboda faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish varianti paydo bo‘ldi.

Tecno

Daily Express nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Yunayted” yaponiyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

Manchesterliklar 22 yoshli hujumkor futbolchiga agar yanvar oyining o‘zida Angliyaga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa, maoshini etti baravar oshirmoqchi.

Kubo aslida “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklarning asosiy tarkibiga kira olmagan futbolchi bir necha mavsum turli jamoalarda ijarada yurdi. 2022 yilning yozida “Real Sosedad” Kuboni 6,5 million evroga xarid qilgandi.

Bugungi kunda ishlari yurishib ketgan Kuboning transfer narxi 60 million evroga ko‘tarildi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!