
Bizga Benzema kerak emas!
O‘tgan yoz “Real”dan Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Karim Benzema yarim yildan keyin Evropaga qaytmoqchi bo‘layotgani haqida xabarlar ko‘payib qoldi.
Yaqinda Frantsiya chempioni PSJ 35 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida ham ma’lumotlar tarqatilgandi.
Transfer News Live nashriga ko‘ra, PSJ rahbariyati Benzemani transfer qilish g‘oyasidan voz kechgan.
Boshida klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiy Karimni joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish fikrini o‘rtaga tashlagan edi. Muhokamalardan so‘ng parijliklar bu transferga qo‘l urmaslikka qaror qildi.
Chunki ayni paytda PSJda hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj yo‘q. Jamoaga qanot himoyachisi va maydon markazida ishonchli o‘ynay oladigan yarim himoyachi kerak.
Fikrlar