
Bizda o‘ynasang, maoshing to‘rt baravar oshadi!
“Arsenal” rahbariyati Angliyaning bir qator grand klublari nishonida turgan Deklan Raysni transfer qilish yo‘lini qidirmoqda.
“To‘pchilar” iste’dodli yarim himoyachini katta maosh bilan o‘ziga og‘dirmoqchi. The Mirror nashrining yozishicha, “Arsenal” bu futbolchiga har hafta 240 ming funtdan maosh to‘lashga tayyorligini bildirgan.
Deklan Rays ayni paytda “Vest Xem”da ancha kamtarona mablag‘ olyapti. Bu jamoa dunyoning eng zo‘r tayanch yarim himoyachilaridan biriga har etti kunda 60 ming funtdan beryapti.
“Vest Xem” anchadan beri 24 yoshli futbolchini hech kimga bermayapti. Bu gal ham klub o‘z sardori uchun 100 million evrodan ortiq badal puli so‘ramoqda.
Fikrlar