Biz yana yutqazamiz. Gvardiola “Siti”ning eng katta muammosini aytdi

  • 5 noyabr, 2024, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvadiola joriy mavsumda jamoasi to‘qnash kelayotgan muammolar yakuniy natijaga ta’sir qilishini aytdi.

Tecno

- Hozircha biz faqat bir marta mag‘lub bo‘ldik. Lekin yana yutqazishimiz mumkin. Ayni paytda musobaqa jadvalida juda kuchli hisoblangan “Liverpul”dan ikki ochkoga ortda qolyapmiz.

Chempionlar ligasini muvaffaqiyatli boshlab oldik. Lekin odamlar bizdan chempionatning 38 ta turida ham faqat g‘alaba kutishini, har mavsum treblga erishishimizni talab qilishini yaxshi bilaman. Buni amalga oshirishga halaqit qilayotgan eng katta muammo ko‘p o‘yinchilarimiz safdan chiqayotganidir.

Ba’zan treblga erishish uchun jamoada jarohatlar bo‘lmasligi kerak, ammo bu gal vaziyat unday emas. Oskar Bobb mavsumoldi yig‘inlarida asosiy o‘yinchimiz edi, jarohat tufayli safdan chiqdi. Rodri jahonning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Oltin To‘p” oldi, biroq biz usiz o‘ynab, juda qiynalyapmiz. Borgan sari vaziyat qiyinlashib boraveradi, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!