
Biz hammasini muhayyo qilamiz: Shayxlar “Real” yulduzini olib ketish uchun Madridga keldi
Saudiya Arabistoni hukumati vakillari “Real”ning 24 yoshli hujumchisi Vinisius Junior bilan muzokara o‘tkazish maqsadida Madridga keldi.
Bu haqda Footmercato nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar braziliyalik yulduzning “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tishini istayapti. Ular Vinisiusga juda yirik sport loyihasini taklif qilmoqchi.
Shayxlar futbolchining o‘ziga hali jahon futbolida birorta o‘yinchiga berilmagan juda katta miqdordagi maosh ko‘rsatilgan to‘rt yillik shartnomani bergan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, avvalroq, Vinisius Junior Saudiya Arabistoniga 2026 yilning yozida o‘tishi mumkinligini ta’kidlagani keltirilgan. Biroq mashhur hujumchi bu yil “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmaganidan keyin Madriddan ketish variantini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Fikrlar