"Biz bir qator masalalarda yutqazib qo‘yamiz" - Diyor Imomxo‘jaev muxlislarni qiziqtirgan savolga javob berdi

  • 13 fevral, 2022, 17:17
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

PFL bugun Superliga yangi mavsumining sanalarini e’lon qildi. Uchrashuvlar shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani uchun tashkilot rahbari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida javob berdi.

Tecno

"Navbahor" - "Nasaf", AGMK - "Nasaf", "Paxtakor" - "Navbahor"... yoxud Superliga uchrashuvlarining sanasi ma’lum (Foto)

20

O‘yinlarning shanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri kelmayotgani kuchli beshlik bilan bog‘liq. May so‘ngiga qadar "Sport-TV" va "UzReport" kuchli beshlik uchrashuvlarini translyatsiya qiladi. Aynan o‘sha vaqtda biz Superliga uchrashuvlarini o‘tkazsak, TV dasturlar, muxlislar e’tibori, reklama beruvchilar kabi masalalarda yutqazib qo‘yamiz.

Uchrashuvlar begim kunlari o‘tayotgan bo‘lsa-da, o‘yinlar ish vaqtiga to‘g‘ri kelmaydi. Biz shunday bosqichga etib keldikki, endi projektori yo‘q stadionlarda Superliga uchrashuvlari o‘tkazilmaydi. Shundan kelib chiqib, o‘yinlarni 18:00dan erta boshlash niyatida emasmiz.

Biz faqatgina xalqaro taqvim majbur qilgan holatdagina, shuningdek, iyun, iyul, avgust oylaridagina uchrashuvlarni shanba-yakshanba kunlariga belgilashga harakat qilamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rais Buva
20/02/2022 01:17
Diyor xaqiqatni tv ga olib chiqandan mansab berib ogzini yopdi .Lekin ishini yomon bajarayotgani yug.
Baxil Alihuja
14/02/2022 10:08
Диёр тажрибасиз булгани учун бутун узбек футболи юткизиб келмокда! Кулидан келадиган иш билан шугулланса булмайди-ми? Ковун туширишдан бошкасига ярамайди! Бобоси хурмати билан юрибди, булмаса аллакачон кетарди! Отаси-ю, бобоси халол инсонлар-ку, шу бола бироз ношудрок чикиб колди-де
Marifjon Turajonov
14/02/2022 13:15
Bu yahshi bola.dangal gapiradi.
Uni gaplarida haqiqat bor.shanba ,yakshanba kuni uyin bulsa ,uzb chempionatini hech Kim kurmaydi
Baxil Alihuja
14/02/2022 16:49
Uhlaganda yaxshi bola! Dangal gapirgani bilan amal qilmasa, nima foyda? Gapirishdan avval bilish kerak! Bilmaganini gapiraveradiganlar yaxshi bola emas, mahmadana buladi! Ohirgi yillarda nimani qoyillatdi? Faqat qovun tushirdi-ku
Baxil Alihuja
14/02/2022 16:49
Uhlaganda yaxshi bola! Dangal gapirgani bilan amal qilmasa, nima foyda? Gapirishdan avval bilish kerak! Bilmaganini gapiraveradiganlar yaxshi bola emas, mahmadana buladi! Ohirgi yillarda nimani qoyillatdi? Faqat qovun tushirdi-ku