
Biz “Barsa”ga to‘g‘ri kelmadik
“Udineze” hujumkor futbolchisi Jerard Delofeu o‘zini tarbiyalagan “Barselona”da o‘ynab keta olmaganini tan oldi.
Ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklarning asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin “Everton”ga ko‘chib o‘tgandi. 2017 yili “Barselona” unga yana bir imkoniyat berib, ortga qaytargandi. Ikkinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz bo‘ldi.
- “Barselona”dagi tajriba men uchun juda foydali bo‘lgan, lekin men endi u erga qaytmayman. “Barselona”ga saviyam to‘g‘ri kelmagan va menga juda qiyin bo‘lgan. Barqaror o‘yin namoyish qila olmaganman. Bu klubda har doim hayratlanarli darajada o‘ynash talab etiladi. Ketishim aniq edi. Baxtimga, boshqa klubda o‘z o‘rnimni topdim, - dedi Jerard Delofeu.
Delofeu 2020 yildan beri Italiya chempionatida “Udineze” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar