Biz aybdor, Ronaldu esa begunoh yoxud Krishtianuni sudga berishmoqchi

  • 23 avgust, 2022, 14:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Autizmga chalingan yosh muxlisning onasi Sara Kelli “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni sudga berish niyatida ekanligini aytdi. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan "Everton"ga (0:1) qarshi o‘yindan so‘ng Ronaldu tunneldan o‘tib ketayotib, 14 yoshli bolaning qo‘liga urib yubordi, natijada muxlisning telefoni sinib ketgandi. Yakunda politsiya futbolchini shartli ravishda ogohlantirdi va 200 funt sterling miqdorida jarimaga tortdi.

Ona Ronalduning shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilganini aytdi, biroq bu uni qoniqtirmagan.

“U mendan oilam bilan uchrashishni xohlaysizmi, men yaxshi otaman”, deb so‘radi,  men esa “sizni yomon otasan deb hech qachon aytmaganman”, deb javob berdim.

Ronaldu meni Jek deb chaqirardi va hatto ismimni ham bilmasdi. Shu bois,  “mening ismim Sara”, dedim. U “Sara, kechirasiz”, dedi”.

Yosh muxlisning onasining so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu matbuot bu haqda shov-shuv ko‘tarishini istamagan.

"Bilaman, bola muammoga duch keldi", dedi u. Men: “uning muammosi yo‘q, shunchaki, nogiron. Ammo sizda muammo bor”, deb javob berdim. Ronaldu “Kechirasiz”, dedi, lekin keyin “Men hech qanday xato qilmaganman”, deb qo‘shib qo‘ydi. U “hech kimni tepmadim, o‘ldirmadim va urganim yo‘q” dedi. Bu mening ichimda olov yoqdi, g‘azabim keldi va unga: "demak, o‘g‘limning qo‘liga urib, hech kimga zarar etkazmadim deb o‘ylaysizmi?", deb so‘radim.

Ronaldu javob berdi: "Men buni OAVda, matbuotda va sudda bo‘lishini istamayman. Yaxshi advokatlar bor, g‘alaba qozonishimni va oxirigacha kurashaman. Men OAV bilan qanday kurashishni bilaman”.

“Men uydan chiqishga qo‘rqaman. Biz jinoyatchi sifatida, Ronaldu esa begunoh qurbon sifatida fosh qilindi”, dedi ayol.

Nima uchun Ronalduni sudga berishni rejalashtirayotganini tushuntirar ekan, Sara qo‘shimcha qildi: “Men adolat uchun kurashmoqchiman. U qilmishi uchun javob berishini istayman. Adolatga erishishning yagona yo‘li - kurashni davom ettirishdir”, - deydi Sara.

Biz aybdor, Ronaldu esa begunoh yoxud Ronalduni sudga berishmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!