Birorta nazorat o‘yinida g‘alaba qozonmagan "Paxtakor" BAAdagi yig‘inni yakunladi

  • 5 fevral, 2021, 16:55
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" BAAning Dubay amirligida o‘tkazgan yig‘inini nihoyasiga etkazdi.

Tecno

Ikki haftalik yig‘in davomida Piter Xyuistra jami 28 nafar futbolchi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Unda o‘tgan mavsum yoshlar jamoalarida o‘zini ko‘rsatgan bir qator futbolchilar ham sinab ko‘rildi. Kichik jarohati bor o‘yinchilar tiklanish jarayonini davom ettirdi. Yig‘inda uch nazorat bahsi o‘tkazilib, "Zenit" (0:3), "Spartak" (1:2) va "Riga" bilan bellashuvlarda (0:2) jamoaning umumiy tayyorgarligini o‘stirish borasida ishlandi.

Bugun "sherlar" Dubaydan Toshkentga qaytib kelishadi. Keyin mashg‘ulotlar Qibraydagi bazada davom ettirilishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Benazir mix
05/02/2021 20:03
Таркиб кучсизлашгандан кейин канаккб йутсин
&
Пахтакор бос
05/02/2021 18:23
Пул расход қилиб дам олиб келишди, эркатойлар!