
Beylning agenti uning "Real"dan ketish ehtimolini qanday baholadi?
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beylning agenti mijozi davralar oralig‘ida hech qaysi jamoaga o‘tmasligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Uels terma jamoasi etakchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Garetni MLS qiziqtirmaydi. Beyl “Real”ni qishki transferlar davrida tark etmaydi va buni yozda ham amalga oshish ehtimoli juda kam”, - deydi agent.
Ma’lumot uchun, Beyl joriy mavsum “Real” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar