Beyl yozda "Real"dan ketadi

  • 27 mart, 2019, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beyl yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoni tark etadi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres va bosh murabbiy Zinedin Zidan birgalikda maslahatlashgan holda shunday qarorga kelishgan. Ular ushbu transferdan keladigan mablag‘ni yangi futbolchilar sotib olishga sarflashmoqchi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli uelslik futbolchi joriy mavsum “Real” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!