
Beyl "Real"da qolib, nabiralarini ham boqmoqchi
"Real" Madrid klubi vingeri Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozining jamoadagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
“Garetning narxi qancha ekanini bilmayman. Buni aniqlay olmayman. Uning uchun qancha pul to‘lashga tayyor ekanliklarini klublarning o‘zlari belgilaydi. Men shuni aytishim mumkinki, Beyl Madridda baxtli. Bu erda uning ajoyib hayoti bor. U faoliyatini “Real”da yakunlamasligiga hech qanday sabab ko‘rmayapman. Bu uning hayoti. U o‘zini, farzandlarini va hatto nabiralarini ham moddiy jihatdan ta’minlashni xohlaydi”, - deydi agent.
30 yoshli uelslik futbolchi “Real” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 249 ta o‘yinda maydonga tushdi va 105 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar