Berdiev "Rostov"ni boshqarishi mumkin

  • 3 avgust, 2021, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Rostov" klubi rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga Qurbon Berdievni taklif qilmoqchi. Bu haqda "Match TV" xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Rostov” rahbariyati 68 yoshli mutaxassis bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Aytish lozimki, Berdiev ikki yilga yaqin murabbiy sifatida ishlamadi, shuning uchun u yana o‘zining sevimli faoliyatiga qaytishga intilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Rostov" Valeriy Karpin iste’fosidan so‘ng bosh murabbiysiz qoldi. Karpin endi bor e’tiborini Rossiya terma jamoasiga qaratadi.

Qurbon Berdiev bundan oldin "Rostov"ni 2014-2017 yillar davomida boshqargan. Uning qo‘l ostida klub 2015/2016 yilgi mavsum oxirida Rossiya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!