Benzemani Ronaldu qilgan ish qiziqtirmaydi

  • 24 may, 2022, 19:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasi oldidan sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning rekordini yangilashi haqidagi savolga javob berdi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi bir mavsumida 17 ta gol urib, musobaqa rekordini o‘rnatgan.

Tecno

“Ronalduning rekordlarni yangilash yaxshi, ammo bu muhim emas. Men har bir o‘yinda bor kuchim bilan o‘ynashga, imkon qadar jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Futbolchi uchun gollar hamda uzatmalar kerak, lekin eng muhimi g‘alaba”, - deya frantsiyalik to‘purarning so‘zlarini keltirdi UEFA matbuot xizmati.

Benzema Chempionlar ligasining joriy mavsumida 15 ta gol urdi.

28 may kuni "Real Madrid"ni "Liverpul"ga qarshi EChL final o‘yini kutib turibdi. Uchrashuv Parijdagi “Stad de Frans” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!