Benzemani “Manchester Yunayted”ga chaqiringlar

  • 8 yanvar, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Lui Saa manchesterliklar hujum chizig‘idagi muammolarni hal qilish uchun “Al-Ittihod”da o‘ynayotgan Karim Benzemani olib kelish kerakligini ta’kidladi.

Tecno

Erik ten Xag shogirdlari Premer-ligada eng kam gol urgan uch jamoadan biri hisoblanadi. Saaning fikricha, 36 yoshli frantsiyalik yulduzning jamoaga qo‘shilishi o‘zini ko‘rsata olmayotgan yosh forvard Rasmus Xyoylunnga ham foyda keltiradi.

- Benzema “Manchester Yunayted”ning hujum chizig‘ini jonlantira oladi. Jamoa aynan shunaqa o‘yinchiga muhtoj. U oldingi chiziqda o‘yinni tashkil qilish va gol urishga usta. Karim haqiqiy professional va Xyoylunn undan ko‘p narsani o‘rgansa bo‘ladi, - dedi Lui Saa.

Yaqinda Karim Benzema va “Al-Ittihod” rahbariyati o‘rtasida kelishmovchilik chiqqani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bundan tashqari, Karim o‘zini tarbiyalagan “Lion”ga qaytmoqchi to‘g‘risida ham axborotlar chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!