Benzema "Real"dan ketishini biladi

  • 20 aprel, 2023, 09:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Karim Benzema kelasi mavsum o‘zi uchun Madrid klubidagi so‘nggi ekanini biladi, deb yozmoqda Diario AS nashri.

Tecno

Frantsiyalik to‘purarning amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida tugaydi. “Qirollik klubi 35 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirishga qaror qilgan.

2024 yilning yozida “Real” Benzema o‘rniga Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Benzema 2009 yildan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytga qadar u besh marotaba Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. O‘tgan mavsumda yilning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muxammad-Ali Ergashev
20/04/2023 10:10
Benzema ha rahmat Real Madridni qiyin paytda yetakladi,jamoasiga hamma tomonlama katta foyda keltirdi.