Benzema Messining ortidan ketmoqda!

  • 30 avgust, 2022, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning asosiy to‘purari Karim Benzema La Liganing uchinchi turida “Espanol” darvozasini ikki bor ishqol qilib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Tecno

Dublga erishgan 34 yoshli forvard Ispaniya chempionati to‘purarlari orasida bir pog‘ona yuqorilab, ettinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Frantsiyalik futbolchi La Ligada 417 ta uchrashuvdagi gollari sonini 222 ta etkazdi va 353 ta o‘yinda 221 ta to‘p kiritgan Sesar Rodrigesdan o‘zib ketdi.

Karim Benzemaga oltinchi o‘rinda turgan Alfredo Di Stefanoni ortda qoldirish uchun yana oltita gol kerak. Alfredo Ispaniya chempionatida 329 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 227 bora ishg‘ol qilgan.

Ispaniya chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi Lionel Messi hisoblanadi. “Barselona” sharafini munosib himoya qilgan argentinalik yulduz milliy chempionatda 520 ta bellashuvda qatnashib, 474 ta to‘p kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!