"Benevento" - "Jenoa": Taxminiy tarkibda Shomurodov bormi?

  • 18 dekabr, 2020, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bilan Italiya chempionati 12-turida durang o‘ynagan "Jenoa" ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi. Biroq turnir jadvalida 18-o‘rinda borayotgan Rolando Maran shogirdlari xavfli zonani tark etishi uchun bundan buyon g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

Tecno

20 dekabr kuni "Jenoa" chempionat debyutanti "Benevento" klubi bilan bahs olib boradi. Taniqli mutaxassis Filippo Indzagi qo‘li ostidagi klub 12 turda 12 ochko jamg‘arib, 15-pog‘onada bormoqda. Shunday ekan, har ikki klub maydonga faqat uch ochko uchun tushadi.

Italiyaning mashhur Gazetta dello Sport nashri esa, ushbu qarama-qarshilik uchun taxminiy tarkibni tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, hamyurtimiz Eldor Shomurodov asosiy tarkibdan joy oldi.

"Benevento" - "Jenoa" bahsi 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Snimok ekrana 2020-12-18 v 10.38.27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!