
Ben Askren oktagonga qaytishi mumkin
ONE FCning sobiq chempioni Ben Askren MMAdagi faoliyatini davom ettirishi mumkin. Amerikalik jangchi 2019 yilda qabul qilib olgan ikkita mag‘lubiyatidan so‘ng, faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgandi. O‘tgan yili Askrenni Xorxe Masvidal 5 soniya ichida nokaut qilgan bo‘lsa, Demien Maya bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgandi.
"Men ortga qadam tashlab, yana chempionlik unvoni uchun janglarda qatnashishimni e’lon qilmoqchi emasdim, ammo men kurashishni va jang qilishni yaxshi ko‘raman. Agarda kimdir menga "mana senga pul, borginda jang qil, bu senga munosib raqib," - desa, jang qilaman. Nega kurashmasligim kerakligini tushunmayapman. Bundan tashqari, UFC menga yana bir jang o‘tkazishimni taklif qilyapti. Biroq, mening jarohatim bor. Shuning uchun, bir yildan keyin jang qilishim mumkin," - dedi Askren.
Faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Askren jarohati tufayli sportdan ketganligini ta’kidlagandi.
Fikrlar