"Bellator" jangchisi super overxend zarbasi evaziga nokaut qayd etdi (Video)

  • 13 noyabr, 2020, 13:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Konnektikut shtati Ankasvill shahrida “Bellator 252” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda oktagonga ko‘tarilgan Aaron Piko vatandoshi Jon de Jezusni ikkinchi raundda ajoyib "overxend" zarbasi evaziga nokautga uchratdi. U shunday tarzda g‘alaba qozonish barobarida biroz hissiyotga berilib, oktagonda yotgan raqibiga baqirib berdi.

Tecno

Aaron Piko faoliyati mobaynida etti g‘alaba va uch mag‘lubiyat qayd etgan. Garchi, uning rekordi ideal tarzda bo‘lmasada, Piko “Bellator”ning yarim engil vazn toifasining istiqbolli jangchilaridan hisoblanadi.

Quyida, u raqibini qay tarzda nokautga uchratgani va undan keyingi holatini tomosha qilishingiz mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!