
"Bellator 244" turnirining ikkinchi markaziy jangi yakunlandi
"Bellator 244" turnirining ikkinchi markaziy jangida ayollar o‘rtasida engil vazn toifasining sobiq chempioni Juliya Badd va Jessi Miele o‘zaro jang olib bordi. Badd so‘nggi jangida Kris Sayborgga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Jessi esa, ushbu promoushendagi debyut jangida Talita Nogueyrani mag‘lub eta olgan va bu bahs uning "Bellator"dagi ikkinchi bellashuvi bo‘ldi.
Jang to‘liq uch raund davom etdi va raundlar mobaynida ustunlikka erishgan Juliya Badd ochkolar hisobida zafar quchdi.
Fikrlar