
Bekxem Modrichga 2 barobar ko‘p maosh taklif qilmoqda
AQShning "Inter Mayami” klubi o‘z safiga "Real" xavbeki Luka Modrichni qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga qaraganda Devid Bekxemga tegishli hisoblangan ushbu jamoa 34 yoshli xorvatiyalik futbolchiga hozirgi maoshidan ikki barobar ko‘p maosh to‘lashga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, Modrichning ayni damdagi yillik maoshi 15 mln evroni tashkil etadi. Agar u MLS klubiga ko‘chib o‘tsa, yiliga 28 mln evrogacha maosh olishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum “Real” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar