Bekobodga chernogoriyalik yarim himoyachi kelyapti!

  • 24 dekabr, 2023, 07:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi mavsum "Metallurg" muxlislar yarim himoya chizig‘ida hujumkor futbolchi Boban Djordjevichni ko‘rishadi.

Tecno

Boban universal o‘yinchi. Yarim himoya markazida jamoa hujumlarini tashkil etish barobarida, hujumlarni yakunlashni xush ko‘radi. Buni uning statistikasida ham ko‘rish mumkin.

Futbolchilik faoliyatini “Igalo” jamoasida boshlagan. Birinchi professional jamoasi esa 2019 yili Chernogoriyaning "Grbal" jamoasi bo‘ldi. Keyinchalik o‘z vatanida – "Mornar", "Arsenal" jamoalarida to‘p surdi. 57 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 21 ta gol kiritdi. 8 marta sariq kartochka bilan jazolangan. O‘tgan mavsum xalqaro maydonda - UEFA Konferentsiyalar kubogida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!