"Bayer" yosh futbolchisi Myuller va Trent bilan bir qatorda ketmoqda

  • 18 yanvar, 2022, 20:29
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts ushbu mavsum ajoyib natijalar qayd etmoqda. "WhoScored" nashrining xabar berishicha, yosh iqtidor ayni damda assistlar soni bo‘yicha yuqori uchlikdan o‘rin egallagan.

Tecno

Hozircha 9 assist qayd etgan futbolchi kuchli beshlikda faqat Tomas Myuller (16) va Trent Aleksandr-Arnolddan (10) ortda qolyapti. 18 yoshli futbolchi allaqachon grandlar e’tiborini qozonib ulgurdi.

Hozirda futbolchi "Arsenal", "Bavariya", MYu va "Real" singari top klublar nishoni ostida bo‘lib turibdi.

"Transfermarkt" portali Florian Virtsni 70 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!