
“Bayer” jamoani chempion qilgan Xabi Alonso bilan xayrlashadigan bo‘ldi
O‘tgan mavsum “Bayer”ni levereuzenliklar tarixida ilk bor Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonsoga Evropaning grand klublari ish taklif qilyapti.
Ispaniyalik mutaxassis ham o‘zini yanada yuqori darajada ishlashga tayyor ekanini his qilmoqda. Leverkuzen klubi Xabi Alonsoning rejalariga to‘sqinlik qilmoqchi emas.
Shu bois, klub mutasaddilari jamoani boshqaradigan boshqa mutaxassislar ham topib qo‘ydi. Germaniya futbolini yoritib kelayotgan jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, “Bayer” Xabi Alonso ketgan taqdirda uning o‘rniga Germaniya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlayotgan Sandro Vagner yoki “Shtutgart”ning o‘yinida ijobiy o‘zgarish yasay olgan Sebastyan Xyonesni olib kelmoqchi.
Xabi Alonso “Bayer”ni 2022 yili qabul qilib olib, qisqa fursatda jamoani Bundesliganing eng muvaffaqiyatli kollektivlaridan biriga aylantira oldi.
Fikrlar