
"Bavariya"ning asosiy darvozaboni ertaga "Latsio"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer EChL 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rniga esa uchrashuvda Aleksandr Nyubel ishtirok etadi.
Sport1 tarqatgan xabarga ko‘ra, Noyer bugun ertalabki mashg‘ulotlarda qatnashmagan. Unda hech qanday jarohat yo‘q, shunchaki murabbiylar unga dam berishga qaror qilgan.
24 yoshli Nyubel “Bavariya” safiga o‘tgan yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" dastlabki o‘yinda mehmonda "Latsio"ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ushbu jamoalarning javob o‘yini 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar