“Bavariya” yulduzi “Barsa”ga: Men bu maoshga o‘ynamayman!

  • 30 may, 2024, 23:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati bo‘lajak mavsum oldidan tarkibni jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qilgan.

Tecno

Kataloniyaliklar ana shu maqsadda “Bavariya”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Yozua Kimmix bilan muzokara o‘tkazdi.

Jurnalist Albert Masnuning xabar berishicha, muzokara ijobiy natija bermadi. Chunki kataloniyaliklar taklif qilgan maosh miqdori Kimmixni umuman qoniqtirmagan.

29 yoshli yarim himoyachi “Bavariya” klubida yiliga 19,5 million evro maosh olyapti. “Barselona” bundan ancha past summani taklif qilgan.

Yozua Kimmixda boshqa variantlar ham etarli. Unga Angliyaning bir necha grand klublari ish taklif qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!