
“Bavariya” yangi yulduzni kutishga majbur
“Bavariya”dan jiddiy taklif olayotgan “Borussiya M” yarim himoyachisi Florian Noyxaus yozda jamoasini almashtirmaydigan bo‘ldi.
24 yoshli futbolchi yana bir mavsum myonxengladbaxliklar safida to‘p tepishni ma’qul ko‘rmoqda.
Florian Noyxausning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Uning bugungi kundagi transferi 38 million evroga baholanmoqda.
Yakunlangan mavsumda Noyxaus Bundesligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 12 ta golda ishtirok etdi. Bu futbolchiga “Manchester Siti” va “Liverpul” kabi grandlardan ham jiddiy chorlovlar bo‘lyapti.
Fikrlar