“Bavariya” xafa bo‘lgan Levandovskidan voz kechdi

  • 13 may, 2022, 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati jamoaning so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskini sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Polshalik hujumchi klub rahbariyati unga etarli darajada e’tibor qaratmayotgani va yangi bitim taqdim etishga shoshilmayotgani uchun xafaligini bildirib, Myunxendan ketmoqchiligini e’lon qilgandi.

Bundesliga chempioni ham 33 yoshli o‘yinchini qolishga ko‘ndirmaydigan bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Bavariya” Levandovskini hujumchi uchun 35-40 million evro tikadigan jamoaga qo‘yib yuboradi.

Roberta xaridorlar orasida “Barselona” ham bor. Levandovski bu mavsum barcha turnirlarda 45 marotaba maydonga tushib, 49 ta gol urdi va ettita assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!