"Bavariya" Verner uchun 25 mln evro taklif qildi, ammo...

  • 16 avgust, 2019, 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi hamon "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli futbolchi uchun leyptsigliklarga 25 mln evro taklif qilgan. Biroq, bu taklif ularni qanoatlantirmagan. Ular Vernerni 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Verner “RB Leyptsig” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 115ta o‘yinda maydonga tushdi va 61ta gol hamda 28ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yil o‘z nihoyasiga etadi. Transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!