
"Bavariya" va "Leyptsig" "Lion" forvardiga qiziqmoqda!
"Lion" hujumchisi Yaya Sumarega Evropaning bir qator jamoalari qiziqib qolgan.
Ayniqsa, 19 yoshli futbolchiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda va muzokaralarga kirishib ulgurgan. Myunxenliklar mavsum oxirigacha transfer masalasini hal etishmoqchi.
Shu qatorda, yosh forvardni "Leyptsig" va "Zaltsburg" klublari ham o‘z tarkiblariga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Sumare "Lion"ning yoshlar jamoasida to‘p suradi.
Fikrlar