“Bavariya” Tuxelga superto‘purar olib beradi

  • 27 mart, 2023, 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati jamoani qabul qilib olgan Tomas Tuxelni qo‘llab-quvvatlash maqsadida katta transferni amalga oshiradigan bo‘ldi.

Tecno

Taniqlik jurnalist Kristian Falkning ma’lum qilishicha, myunxenliklar mavsum yakunlanishi bilan “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni olib kelmoqchi. Aslida “Bavariya” avvaldan bu forvardga qiziqish bildirayotgan edi.

29 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi hisoblanadi. Joriy mavsumda u milliy chempionatda 24 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Harri Keynning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanishiga qaramay, “Tottenxem” uni 100 million evro atrofidagi mablag‘ga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!