"Bavariya" Sanening transferi borasida "Siti"ga rasmiy taklif yubordi

  • 1 avgust, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi hamon “Manchester Siti” vingeri Leroy Saneni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 23 yoshli germaniyalik futbolchining transferi borasida “shaharliklar”ga ilk rasmiy taklifini yubordi. Biroq, hozircha taklif qay ko‘rinishda bo‘lgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar kelgusi haftada davom ettirilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sanening transferi “Bavariya”ga 100 mln evroga tushishi va agar futbolchi myunxenliklar safiga ko‘chib o‘tsa, haftasiga 220 ming evro maosh olishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xasan Botirov
01/08/2019 11:44
Xa 100 mln yevroga 1 ta kamanda tuzib chiqsa boladiku