
"Bavariya" Sane bilan muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi
"Manchester Siti" klubi vingeri Leroy Sane mavsumlar oralig‘ida "Bavariya"ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Myunxenliklar prezidenti Uli Xyoness jurnalistlarning Saneni sotib olishni rejalashtiryapsizlarmi deb yo‘llagan savoliga quyidagicha javob berdi: “Biz ushbu transfer borasida ish olib boryapmiz”.
Ta’kidlash kerakki, “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola 23 yoshli germaniyalik futbolchining ketishiga o‘z roziligini bildirgan. Shu bois “Bavariya” faqatgina futbolchining transferi borasida kelishuvga erishsa bas.
Ma’lumot uchun, Sane joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 16ta gol hamda 18ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transferi esa 100 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar