
"Bavariya" Martinesni qanchaga sotishini ma’lum qildi
"Bavariya" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Xavi Martinesni sotib yubormoqchi. Bu haqda Kicker nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis grandi 31 yoshli ispaniyalik futbolchining transferini 10 million evroga baholamoqda. Unga esa "Atletik", "Fiorentina" va "Renn" klublaridan takliflar bor.
Martines o‘tgan mavsum “Bavariya” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar