“Bavariya” “jingalak”dan yuz o‘girdi

  • 31 iyul, 2022, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati ham yozgi transferlar vaqtida jamoa ichida tozalash ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Asosiy tarkibga kira olmayotgan Erik Chupo-Moting jamoadan ketmaydigan bo‘ldi. Bu o‘yinchi zaxirada o‘tirib, o‘ziga imkon berilishini kutishga qaror qildi.

Klub mutasaddilari boshqa hujumkor futbolchi Joshua Zirkzeeni qo‘yib yuboradi.

21 yoshli niderlandiyalik o‘yinchiga Angliya premer-ligasidan chorlov bo‘layotgani aytilmoqda.

Zirkzee o‘tgan mavsumini ijara asosida “Anderlext”da yakunladi. Iste’dodli o‘yinchi Belgiya klubida 47 marotaba maydonga tushib, 13 ta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Uning transferi 11 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!