
“Bavariya” futbolchisiga APLning ikki grandidan qiziqish bor
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi “Star Sunday” nashri.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" da’vogarlik qilmoqda. Klublar forvardni qo‘lga kiritish uchun taxminan 46 million evro to‘lashlari kerak bo‘ladi.
Serj uchun Angliya chempionati begona emas. Boisi, u bundan bir necha yil oldin aynan “kanonirlar” sharafini himoya qilgan.
Avvalroq "Bavariya" Gnabrini asosiy tarkibdan chetlatishi mumkinligi, chunki futbolchi “nemis mashinasi” bilan shartnoma uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.
Gnabri 2018 yildan beri "Bavariya"da to‘p to‘p tepadi. Hujumchi o‘tgan mavsum myunxenliklar safida 45 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 17 gol va 10 golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar