
"Bavariya" etakchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix uzoq muddat davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, germaniyalik futbolchi mavsum so‘ngiga qadar safdan chiqqan. Koronavirusdan so‘ng uning o‘pkasida kichik muammolar bor. Kimmix "Maynts", "Shtutgart" va "Volfsburg" jamoalariga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
"Koronavirus tufayli yuzaga kelgan izolyatsiya muddatim yakunlanganidan xursandman. Avvalgidek ishlashga urinyapman, biroq o‘pkamdagi kichik infektsiya bunga halal bermoqda. Hozir tiklanish jarayonini boshdan kechiryapman va yanvar oyida to‘liq kuch bilan tarkibga qaytaman",-dedi Kimmix.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi "Bavariya"ning COVID-19ga qarshi emlanishdan bosh tortgan 5 nafar a’zosidan biri edi.
Fikrlar