"Bavariya" etakchilaridan biri "Borussiya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 11 iyun, 2020, 08:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik kecha “Ayntraxt”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Germaniya kubogi yarim final uchrashuvidan so‘ng Serj Gnabri nega ushbu bahsda maydonga tushmaganini izohladi.

Tecno

“U mashg‘ulot payti belini shikastlab oldi va normal harakat qila olmay qoldi. Bizda yana 2 kun bor va shifokorlar shanba kungacha uni oyoqqa turg‘izishlariga umid qilamiz. Chunki, Serjining Gladbaxga qarshi o‘yinda ishtirok etishi biz uchun juda muhim”, - deydi Flik.

Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan  «Bavariya» – «Borussiya» Myunxengladbax bahsi 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!