
"Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
Yomon kayfiyatda o‘tayotgan mavsumdan keyin "Bavariya" yozgi transferlar uchun 150 million evro sarflashni ko‘zlamoqda, deya xabar berdi "Relevo" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, myunxenliklar "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni kuzatib bormoqda. Klub futbolchi uchun 70 million evrolik taklif bilan chiqishi mumkin.
27 yoshli niderland har transfer bozori ochilganida u haqida chiqayotgan xabarlardan charchaganini aytgandi. Ancha yillardan beri "Manchester Yunayted" ta’qib qilishi, "Manchester Siti" kabi jamoalar ham doimo De Yongni o‘z tarkibida ko‘rishni istashi borasida xabarlar bor.
Garchi rahbariyat ham uning qolishini istashini ma’lum qilsa ham, bu yozda Frenkining "Barselona"ni tark etish ehtimoli yuqori. Ayniqsa, Gavi, Pedri, Gyundogan kabi xavbeklar bilan yarim himoya kuchaygan payti kataloniyaliklar "Bavariya"ning taklifini qabul qilishi mumkin.
Fikrlar