
Bartomeuning o‘rnini egallamoqchi bo‘lgan nomzod: Messi "Barselona"ning yuzi bo‘lishi kerak
"Barselona" prezidentligiga nomzod Xordi Farre o‘zining rejalari haqida gapirdi.
"Messi bilan aloqaga kirishish uchun saylovlarni kutib o‘tirish kerak emas. Saylovda uning jamoada qolishini bilgan holda, xotirjamlik bilan ishtirok etish lozim. Bizda Messi bilan umrbod shartnoma tuzish rejasi bor. U klubda o‘zi istaganicha qolishi mumkin bo‘ladi.
Leo klub imiji bo‘lishi kerak. Xoh faxriy prezident bo‘lsin, xoh elchi sifatida. Bizda Messi brendini "Barselona" brendi bilan birlashtirish g‘oyasi ham bor. Biz Leoni yangi Maykl Jordan qilishimiz mumkin.
O‘ylashimcha, bizga ochiq shartnoma kerak. Ya’ni, u o‘zi istagan vaqtda klubdan ketish imkonini berish lozim", - dedi Farre.
Argentinalik yulduzning kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar