
“Barselona”ning yangi prezidenti Messini qolishga ko‘ndiroladimi?
“Barselona” prezidenti etib saylangan Joan Laporta klubning asosiy muammosi – Lionel Messining kelajagi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
- Men Leoga qo‘ng‘iroq qilaman. Uni klubda qolishga ko‘ndira olamanmi? Bu ko‘proq unga bog‘liq, men esa, qo‘limdan kelganini qilaman. Messining “Barselona”da qolishi klubning iqtisodiy imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi, - dedi Laporta.
Ma’lumki, argentinalik yulduzning klub bilan shartnomasi 30 iyun kun yakunlanadi. Messining o‘zi kelajagi borasida mavsum yakunlangach, bir to‘xtamga kelishini bildirgan. Hozircha, Messiga da’vogarlik qilayotgan klublar orasida PSJ, “Manchester Siti” va “Inter Mayami” bor.
“Barselona” sardori joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 11 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar