
“Barselona”ning eng kuchli tomoni ma’lum bo‘ldi
“Barselona” 2023 yil davomida Evropa kuchli beshlik chempionatlari ishtirokchilari orasida eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazgan jamoa sifatida tan olindi.
Xavi Ernandes shogirdlari jami 22 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizlishini saqlab qolgan. Bu haqda Squawka ekspertlari ma’lum qildi.
Ikkinchi o‘rin “Inter”ga nasib qildi. Milanliklar yil davomida 21 ta “quruq o‘yin” o‘tkazdi. Uchinchi qator kuchli himoyaga ega bo‘lgan “Yuventus”ga nasib qildi. Turinliklar 20 ta bahsda o‘z darvozasini mustahkam qo‘riqlagan.
“Quruq o‘yinlar” bo‘yicha reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
- “Barselon” — 22 ta o‘yin.
- “Inter” — 21 ta o‘yin.
- “Yuventus” — 20 ta o‘yin.
4-5. “Nitstsa” — 19 ta o‘yin.
4-5. “Real” — 19 ta o‘yin.
- “Latsio” — 18 ta o‘yin.
7-8-9. “Liverpul” — 17 ta o‘yin.
7-8-9. “Real Sosedad” — 17 ta o‘yin.
7-8-9. “Napoli”— 17 ta o‘yin.
10-11. “Manchester Yunayted” — 16 ta o‘yin.
10-11. “Torino” — 16 ta o‘yin.
Fikrlar