
"Barselona"ning chempion futbolchisi terma jamoada jarohat oldi
Fermin Lopes Ispaniya yoshlar terma jamoasida jarohat oldi. Bu haqida Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
"Barselona" yarim himoyachisi mushaklari shikastlangani sababli Ispaniya U-21 terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Yaqin orada Fermin Kataloniya klubiga qaytadi. Uning o‘rniga Pablo Torre terma jamoaga chaqirildi.
Ma’lumot uchun, Fermin futbol bo‘yicha Olimpiada bahslarida ajoyib harakatlari bilan barchani hayratda qoldirgan edi.
Fikrlar