
"Barselona"ni keyingi mavsumda kim boshqarishi aniq bo‘ldi
"Barselona"ning hozirgi bosh murabbiyi Ronald Kuman keyingi yil ham klub boshqaruvida qolishi kutilmoqda.
Bu haqda Kataloniyaning TV3 telekanaliga tayanib, "Marca" nashri xabar tarqatdi. Ma’lum bo‘lishicha, 58 yoshli mutaxassis jamoaning yangi prezidenti Joan Laporta bilan ko‘rishgan va unga o‘z rejalarini taqdim etgan. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar niderlandiyalik murabbiyning klubda qolishiga kelishib olgan.
Kuman kataloniyaliklarni mavsum avvalida qabul qilib oldi va 43 ta o‘yinda shogirdlarini maydonga boshlab tushdi. "Ko‘k-anorranglilar" ushbu bellashuvlardan 29 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 6 bahsda murosa ko‘chasi tanlangan. Qolgan 8 o‘yinda imkoniyat boy berilgan.
Ronald Kumanning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘djallangan. Uning qo‘l ostidagi "blaugranas" bu mavsum EChL va Ispaniya superkubogini erta tark etishga majbur bo‘ldi. La Ligada esa, 2-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa Ispaniya kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar