“Barselona”ni hech kim kutmagan mutaxassis boshqarishga yaqin

  • 26 may, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi va milliy chempionatda bosh sovrinsiz qolgan “Barselona” kelasi mavsum oldidan katta o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Xususan, klub rahbari Joan Laporta yangi bosh murabbiy olishni istayapti. Nomzodlar qatorida Frank Raykaard va Xavi Ernandes nomi zikr etilayotgan edi.

Kutilmaganda yana bir mutaxassis ro‘yxatga kiritildi. Hozir “Arsenal”ni boshqarayotgan ispaniyalik Mikel Arteta kataloniyaliklar boshqaruvini Ronald Kumandan olishi mumkinligi aytilmoqda.

Qizig‘i shundaki, “Arsenal” bu mutaxassis qo‘l ostida premer-ligada muvaffaqiyatga erisha olmadi va mavsumni sakkizinchi o‘rinda yakunlab, 1996 yildan beri ilk bor Evrokuboklarda qatnashish imkoniyatidan quruq qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!