"Barselona" yulduzi Rimga kelyapti. Bunaqada Shomurodovga umuman “non” qolmaydi!

  • 2 noyabr, 2022, 23:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” yozgi transferlar vaqtida o‘z tarkibiga “Yuventus”dan ketgan Paulo Dibala hamda “Torino” bilan shartnomasi tugagan Andrea Belottini qo‘shib olganidan keyin Rim klubidagi legionerimiz Eldor Shomurodovning o‘yin amaliyoti sezilarli darajada kamayib ketdi.

Mavsum boshlanganidan beri Shomurodovga biror marta uchrashuvni ilk daqiqadan boshlash imkoni berilmadi. Uch oy davomida atigi bir soatdan sal ko‘proq maydonda ko‘rinish berdi.

Shomurodov-Dibala

Rim klubiga kuchli hujumchilar kelganiga qaramay, Joze Mourino oldingi chiziqdagi holatdan qoniqmayapti.

Sport direktori Tyagu Pinto “Budyo-Glimt” hujumisi Ola Solbakken transferini ijobiy hal qilib qo‘ydi. Erling Xolandning hamyurti yanvarda Rimda bo‘ladi.

Endi “bo‘rilar” o‘z safiga “Barselona” to‘purarlaridan Memfis Depayni qo‘shib olmoqchi. Kataloniyaga avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman davrida olib kelingan hujumchini hozir jamoani boshqarayotgan Xavi Ernandes chiqishtirmayapti.

“Barsa”ni niderlandiyaliklardan tozalashga kirishgan ispan mutaxassisi qishki transferlar vaqtida birinchi bo‘lib Niderlandiya terma jamoasi a’zolari – Frenki de Yong va Memfis Depaydan qutilmoqchi ekanini ma’lum qilib bo‘lgan.

Ispan matbuotining yozishicha, Joze Mourino “Roma” hujumini Memfis Depay bilan kuchaytirishni istayapti. Portugaliyalik mutaxassis sport direktoriga bu transfer bo‘yicha ish boshlashni tayinlagani aytilmoqda.

Memfis Depayga A Seriyaning o‘zidan “Yuventus” ham jiddiy qiziqish bildiryapti. Lekin Turin klubida pasayish, Rim jamoasida ko‘tarilish davom etayotgani bois, Depay “bo‘rilar” taklifini qabul qilish ehtimoli kattaroq.

28 yoshli futbolchi 2021 yilning yozida “Lion”dan “Barselona”ga erkin agent sifatida kelgandi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanishi bois, kataloniyaliklar yanvarda uni 20-25 million evroga qo‘yib yubaradi.

Depayning o‘zi ham ketishga qaror qilib bo‘lgan. Chunki mavsum boshidan beri uch marta maydonga tushdi va qisqa vaqtda bitta gol urgani ham Xavi Ernandesning ishonchini uyg‘otmadi.

Agar “Roma” Memfis Depay transferini uddalasa, Eldor Shomurodovga tarkibdan umuman joy tegmaydi. Chunki niderlandiyalik yulduz ham xuddi legionerimiz kabi asosan chap qanot va markaziy hujumchi pozitsiyalarida o‘ynaydi.  

Eslatib o‘tamiz, Memfis Depay “PSV Eyndxoven” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Manchester  Yunayted” va “Lion”da ham to‘p tepgan. Klublar miqyosida jami 418 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 159 marotaba ishg‘ol qilgan hamda jamoadoshlariga 96 ta golli pas uzatgan.

orig_542400

Niderlandiya terma jamoasida 2013 yildan beri 80 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 42 ta gol yozdirib qo‘ygani uning to‘purarlik mahoratidan dalolat beradi.

Qiyin g‘alabada Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Odil Ahmedov faoliyatini erta tugatganining asl sababini oshkor qildi

Eng kuchli futbolchimiz Evropani emas, Xitoyni tanlaganiga izoh berdi

"Arsenal" so‘ragan legionerimizni jamoasi Angliyaga qo‘yib yubormagan ekan...

Shomurodovga “Roma”dan ketishni tavsiya qilishdi...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
05/11/2022 12:09
Э. Шомуродовнинг "Автобиография"си, қайси жамоаларда ўйнагани, нечта гол ургани, Италияга
(А)-серияга қачон ўтгани, бу ерда қайси жамоада нечта гол ургани, умуман, у ердаги аҳволи ҳақида ёзмабсиларку, бу гал Икки йилдан бери Бирор кун канда қилмовдиларинг. Бу сафар эслан чиқибдида. "Маза" қилиб ўқиб келаётган эдик.Е-газеталаринг борган сари зерикарли бўлиб бормоқда.