
"Barselona" yarim himoyachisini qishda sotib yubormoqchi
"Barselona" xorvatiyalik xavbek Ivan Rakitichni qishgi transfer oynasi yopilgunicha sotib yubormoqchi.
Xorvatning o‘zi Kataloniya klubi tarkibida qolish niyatida, ammo "ko‘k-anor rangliklar" rahbariyati futbolchi uchun yaxshirok taklif bo‘lsa Rakitich fikrini o‘zgartirishiga umid qilishmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, Rakitich uchun kecha Brunu Fernandesh transferini amalga oshirgan "Manchester Yunayted" qiziqish bildirishi mumkin.
Fikrlar