“Barselona” yanvarda nechta transferni amalga oshiradi?

  • 3 yanvar, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish maqsadida ayrim pozitsiyalarga yangi ijrochilarni olib keladigan bo‘ldi.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, kataloniyaliklarga o‘ng qanot himoyachisi va tayanch yarim himoyachisi kerak. Shuningdek, yangi hujumchi masalasi ham dolzarb hisoblanadi.

Klub xo‘jayinlari hujum chizig‘iga Argentinaning “Veles” klubidan hujumkor futbolchi Janluka Prestiannini olib kelmoqchi.

O‘ng qanot himoyasiga “Jirona” vakili Arnau Martines varianti ko‘rib chiqilyapti. Kataloniyaliklar maydon markazini “Tottenxem” vakili Jovanni Lo Chelso yordamida kuchaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!